Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan hududdagi savdo markazlari va do‘konlarda narx-navolar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar sifati, saqlash sharoitlari hamda iste’molchilarga yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sotuvdagi mahsulotlarning yaroqlilik muddati va narxlarining amaldagi tartiblarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Tadbirkorlar va savdo shoxobchalari mas’ullari bilan muloqot davomida aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.