35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Joriy yilning 16-aprel kuni kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shaharda faoliyat yuritayotgan 3 ta korxona va tashkilotlarning 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlaru yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Jumladan, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limining “Shahar mahalliy budjetining 2026-yil I choragi ijrosi, mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida” gi, shahar soliq inspeksiyasining “Shahar mahalliy budjet daromadlari 2026-yilning I choragi davomida bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va
amalda to‘langanligi, soliq qarzdorligi to‘g‘risida” gi,
shahar obodonlashtirish boshqarmasining
“Zarafshonshahar
obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi hisobotlari eshitildi. Doimiy komissiya a’zolari ushbu sohalarda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va
iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ushbu masalalarni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi
sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan xulosalar berishdi. 

   

Slide 1 of 4