35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
Deputatlik so‘roviga javob yuzasidan

2026-yil 24-martdagi “Suzangaron mahallasida tashkil etilgan bolalar maydonchasini zamonaviy o‘yin qurilmalari bilan jihozlashda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 26-ds-379-26-sonli so‘rov yuzasidan Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda bolalar maydonchasini tashkil etish uchun zarur joy mavjudligi hamda uni barpo etish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu bolalar maydonchasining tashkil etilishi hududdagi bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Yoshlar ishlari Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tegishli o‘rganish ishlari amalga oshirilganligi hamda masala mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etib borilayotganligi ma’lum qilinadi.