35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafar Baxromovich Toza hudud DUK faoliyati bilan tanishdi

O‘rganish jarayonida korxona tomonidan tuman hududi to‘liq qamrab olinmaganligi, maxsus texnikalar yetishmasligi, debitor qarzdorlik kun sayin ortib borayotgani, aholi o‘rtasida xizmatdan norozilik mavjudligi aniqlanib, bu holatlar qonun ijrosining bugungi kun talablariga javob bermayotganidan dalolat berishi qayd etildi.

Shuningdek, korxonada kadrlar qo‘nimsizligi saqlanib qolayotgani hamda nazoratning lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi ishlar tashkil etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Tuman Kengashi deputati tomonidan ushbu korxona faoliyati yuzasidan tegishli mas’ullarga yozma takliflar kiritishga kelishib olindi hamda “Toza hudud” DUK tuman filialining mas’ullariga qonun ijrosini belgilangan talablar darajasiga ko‘tarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1