35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
“Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasidagi ishlar Olmazor tumanida davom etmoqda

 “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasidagi ishlar Olmazor tumanida davom etmoqda

  “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasida bugun Olmazor tumani Moyariq mahallasida yangi “Yashil bog‘” barpo etish maqsadida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

 Aksiya davomida 26.000 kv.m yashil maydonga jami 400 tupdan oshiq — chinor, gujum, klyon, lola daraxti, ko‘chatlar ekildi.

 Mazkur ekologik tashabbusda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva va tuman deputatlari, tuman hokimi, mas’ul mutasaddilar, qator tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari faol ishtirok etdi.

 Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar va mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozilib, sumalak, osh tortilib hamda ijro etilgan konsert dasturi mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 10