Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik — muhim vazifa
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan “Do‘stlik” MFY hokim yordamchisi bilan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Muloqot davomida hududda aholining daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, mavjud masalalarni aniqlash, ularni manzilli o‘rganish va amaliy yechimlarini topish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
💼 Aholining barqaror bandligini ta’minlash — oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning muhim omilidir.