Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
💼 “Tadbirkorga yaratilgan imkoniyat — yangi ish o‘rniga aylanishi kerak”
 “Tadbirkorga yaratilgan imkoniyat — yangi ish o‘rniga aylanishi kerak”

“Tadbirkor uchun yaratilgan har bir imkoniyat, avvalo, yangi ishlab chiqarish, yangi xizmat va yangi ish o‘rniga aylanishi bilan qadrli.”

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich.

Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida hududda tadbirkorlik va investitsiya uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada kengaytirish, xususiy sektorni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi. Xususan, tadbirkorlar uchun 300 milliard so‘mlik kredit liniyasi ochilishi, kredit stavkasining tadbirkor uchun 12 foizgacha tushirilishi, oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasining esa 17,5 foizdan 12 foizga pasaytirilishi ko‘zda tutilgan.
Turdiyev Anvar Xaytbayevichning fikricha, bunday imkoniyatlarning haqiqiy samarasi ularning amaliy natijasida — yangi loyihalar, kengaygan ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari va oilalar daromadining oshishida namoyon bo‘ladi.
“Tadbirkorlik rivojlansa, nafaqat bitta korxona, balki uning atrofidagi ko‘plab oilalar uchun ham daromad manbai yaratiladi. Shu bois bugun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, tashabbus ko‘rsatish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish muhim.”

Qoraqalpog‘istonda tashrif doirasida 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyihaga start berilib, ular hisobidan 8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish belgilangan.
“Biz, tadbirkorlar uchun bu — yangi imkoniyatlar bilan birga katta mas’uliyat hamdir. Yaratilayotgan sharoitlardan foydalanib, hudud iqtisodiyotiga hissa qo‘shishimiz, odamlar uchun munosib ish va barqaror daromad manbalarini yaratishimiz kerak.”
— Turdiyev Anvar Xaytbayevich
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat.