Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
KENGASH QARORI TASDIQLANDI

 KENGASH QARORI TASDIQLANDI

2026-yil 23-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining

VII-20-38-6-91-K/26-son qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorga muvofiq, Namangan shahar budjetiga viloyat budjetining 2026-yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratilgan "3 mlrd 300 mln so‘m mablag‘" dan foydalanish tartibi belgilandi.

Qarorga asosan:

— shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf etish;

— “Aqlli shahar” loyihasi doirasida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, to‘lovlarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida amalga oshirish hamda mablag‘lar sarfi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklatildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga yuklatildi, ijrosi ustidan nazorat esa Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.