Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
янв.21
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari: sportchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
“Shahar Kengashi deputati, hokim hamda migratsiyadagi yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
.Namanganda 1-sonli kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi samarasi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KENGASH QARORI TASDIQLANDI
янв.21
Namanganda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Boburshoh mahallasida ichki ko‘chalar asfaltlandi
Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi

Obod mahalla – umumiy mas’uliyat: “Bahor” mahallasini obodonlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi

Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov 65-Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari doirasida “Bahor” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida hududda bahoriy obodonlashtirish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani keskin tanqid qilindi.

Mahalla aholisi bilan ochiq muloqot davomida shahar Kengashi deputati, hokim hashar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan bebaho qadriyati ekanini, u odamlarni jipslashtirib, hamjihatlik ruhini mustahkamlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, har bir fuqaro o‘z yashash hududining ozodaligi va obodligi uchun shaxsan mas’ul ekanini eslatib o‘tdi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla hududini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan “mahalla yettiligi” hamda tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddat va vazifalar belgilab berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududlarni obodonlashtirishda mas’uliyatni yanada oshirish, fuqarolarning faolligini kuchaytirish hamda shahrimizni xalqaro festivalga munosib tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 6