Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Муаммоларни жойида бартараф этиш чоралари кўрилмоқда
янв.21
Mahallada uchrashuv: muammolar o‘rganilib, takliflar bildirildi
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг бешинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг тўртинчи сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг "Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси" йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши ҳузуридаги "Коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссияси"нинг 2025-йилдаги биринчи йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Янги йил байрами кунларида ижтимоий ҳимояга мухтож хонадонлардан хабар олинди
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi"ning yig‘ilishi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi
Toshkent tumanida Chiqindilar muammosi bartaraf qilinadimi?

Toshkent tumanidagi maishiy chiqindilar muammosi bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, bugun, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi kotibiyati tomonidan Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida doimiy komissiya yigʻilishi oʻtkazildi. "Zangiota Obodon" MCHJ va "Toza hudud" DUK rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Kun tartibida aholining noroziligi va chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilmasligi masalasi muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida, ayni kunlarda "Zangiota Obodon" MCHJ bilan bitim bekor qilinganligi va vaqtinchalik ushbu masala bilan Toshkent viloyati "Toza hudud" DUK shugʻullanishi maʼlum qilinib, biling tizimi, yaʼni chiqindi masalasi mart oyiga qadar elektr taʼminoti bilan bogʻliq boʻlmasligi bildirildi.

Shuningdek, deputatlar va "Toza hudud" DUK oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent tumanida maishiy chiqindilar masalasi 6 kun ichida hal qilinishiga va keyinchalik aniq reja-grafik asosida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilishi tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda ish yuritilishiga kelishib olindi.

Shu bilan birga, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab maishiy chiqindilarni olib ketish uchun toʻlanadigan toʻlov, nafaqat Toshkent tumani uchun kishi boshiga 7840 soʻm miqdorida belgilanganligi, balki Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga asosan, viloyat boʻyicha bir xil narx-navo belgilanganligi aniqlandi.

Bir soʻz bilan aytganda, doimiy komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan berilgan vaʼda oʻz vaqtida bajarilmasa, sessiya qarori bilan tegishli ijrochilarga zaruriy choralar koʻrilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1