Joriy yilning 12 dekabr kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi"ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Namangan shaharda tibbiyot sohasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek "Ayollar daftari" 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga ko'rsatilgan yordamlar hamda daftardan chiqarish masalalari muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mutasddilarning hisobotlari hamda taqdim etilgan hujjatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, muhokama yakunida doimiy komissiya
qaror qabul qildi.