Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi hamda tumandagi mas’ul rahbarlar, tuman Kengashi deputati Kamola Kasimova, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda tumandagi Ilk rivojlanish markazi faoliyati bilan tanishishdi. Ilk rivojlanish markazida ta’lim-tarbiya berish jarayonida olib borilayotgan ishlar hamda ta’lim oluvchi bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilinib, ushbu markazda olib borilayotgan faoliyat jarayonlari ijobiy natijalar berayotganligi alohida e'tirof etildi.