Tashrif davomida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ayniqsa ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun mavjud infratuzilma atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan maktab rahbariyati bilan atroflicha suhbat o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi. Mazkur muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.