Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari va mavjud muammolari tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan, mahalla hududida chiqindilarni olib chiqish uchun maxsus transport vositalari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, shuningdek, bolalar nafaqasi (bola puli) masalasi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish belgilandi.