4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.
Mahalla raisi Karimov To‘xtasin tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:
— 1–2-Oltin vodiy ko‘chasida 2025-yilda ichimlik suvi tortilgan bo‘lsa-da, yo‘llar ta’mirlanmagan;
— Chiqindi bilan bog‘liq muammo: 2-proyezd Qizilrovot ko‘chasida oxirgi tozalash ishlari 30-yanvar kuni amalga oshirilgani ta’kidlandi.
Mahalla hokim yordamchisi Hasanboy Rasulov tomonidan:
— oilaviy korxonalar uchun ajratilayotgan kredit limitlari kamligi;
— mahalla hududidagi ko‘prikni kengaytirish zarurligi yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi va xotin-qizlar faoli tomonidan ham bir qator muammolar o‘rtaga tashlandi.
Uchrashuv yakunida mahalladagi ta’mirtalab yo‘llar joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.