Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati
янв.21
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori
янв.21
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat boshchiligida fuqarolar qabuli

Uchtepa tumanida fuqarolar murojaatlari – amaliy yechimlar markazida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "16-Algoritm" okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan “A.Sog‘uniy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Mazkur uchrashuv aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularning yechimiga tezkor choralar ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.

🗣 Qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududini asfaltlashtirish, bolalar maydonchalarini barpo etish, hududdagi daraxtlarni tartibga keltirish, xususan ularni butash ishlari hamda tijorat banklari orqali kredit mablag‘lari ajratilishi yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. Ushbu masalalar aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy muhitni yanada qulaylashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔼 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-62-son qarori asosida 30-15-10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro S. Qandaharov tomonidan tuman hududidagi “Aloqa bank” orqali kredit ajratish masalasida yo‘llangan murojaat atroflicha o‘rganib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan ushbu murojaat yuzasidan amaldagi tartiblar va imkoniyatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

🧠 Shuningdek, uchrashuvda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etib, har bir murojaat bo‘yicha atroflicha muhokamalar olib borildi. Fuqarolarning har bir masalasi e’tibordan chetda qolmasligi, ularning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📁 Qabul yakunida tuman mutasaddi rahbarlariga har bir murojaat bo‘yicha aniq muddatlar belgilash, ijrosini ta’minlash va doimiy nazoratga olish topshirildi. Bu esa aholi ishonchini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  Umuman olganda, bunday ochiq muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tezkor hal etish, joylarda real o‘zgarishlarga erishish hamda xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

💼 Shu jumladan tuman hokimining  saylov okruglarida deputat sifatida murojaatlarni eshitish tizimi ham qo‘shilib, bu amaliyot tuman va shahar Kengashlari hamda hokimlari faoliyatida yangi yondashuv sifatida joriy etilganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, mazkur tartib 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida belgilangan.

Slide 1 of 7