Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati
янв.21
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori
янв.21
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
PIYOZCHILIK MAHALLA FUQAROLAR YIG'INIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR KO‘RIB CHIQILDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati A.Soliyev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G.Raximovalar Piyozchilik mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 5