Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati
янв.21
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori
янв.21
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
“Tumar” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlangan qarorga muvofiq, “Tumar” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Deputatlar tomonidan tasdiqlangan ushbu dastur doirasida yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish hamda ishsiz yoshlar, xotin-qizlar va kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu yo‘nalishga asosan 10 ta banddan iborat maqsad va chora-tadbirlar belgilab olingan. Xususan:

- “Tumar” mahallasida umumiy qiymati 2,8 mlrd. so‘mlik 2 ta sanoat loyihalarini tashkil etish;

- “Tumar” mahallasida 0,9 gektar yer maydonda savdo kompleks tashkil etish hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish;

- “Tumar” mahallasi hududidagi ishsiz yoshlar, xotin-qizlar va kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mikroloyihalar orqali ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash;

- “Tumar” mahallasi hududida joylashgan G‘ozg‘on shahar 48 o‘rinli yangi qurilayotgan shahar shifoxonasi binosi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish hamda muassasani zarur tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash;

- “Tumar” mahallasi hududida yashovchi aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, atrof-muhitga zararni kamaytirish va energiya tejamkor hayot tarzini shakllantirish;

- “Tumar” mahallasida 5,0 gektar yer maydonda yangi istirohat bog‘ini tashkil etish hamda zamonaviy qiyofaga keltirish orqali tadbirkorlarni jalb qilish;

- “Tumar” mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahalliy budjet hisobidan 1,5 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;

- “Tumar” mahallasida aholining turmush sifati oshirish va hududning ko‘rkamligi yanada yaxshilash maqsadida 43 ta tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish.

- “Tumar” mahallasida yuqoridagi loyihalar ishga tushushi natijasida 125 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi. Shuningdek, budjetga qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m soliq tushumlariga zaxira yaratiladi.

 Ushbu chora-tadbirlar natijasida “Tumar” mahallasida aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish, hududni obod va zamonaviy maskanga aylantirish maqsad qilinmoqda.