Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati
янв.21
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori
янв.21
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputati A.Axmadaliyev Poytug‘ shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ida mavjud attraksionlarning yangi mavsumga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Jarayonda bog‘ hududida faoliyat yuritayotgan barcha ko‘ngilochar qurilmalarning texnik sozligi, xavfsizlik talablariga javob berishi hamda sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganish davomida attraksionlarning mexanik qismlari, elektr ta’minoti tizimi, muhofaza vositalari va bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan jihatlar ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, bog‘ hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash, o‘rindiqlar va yoritish chiroqlarining holatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1