Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi - 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich “At-Termiziy” mahallasida joriy yilning 1-yarim yilligi uchun tasdiqlangan rejasiga asosan saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida yig‘ilish ishtirokchilariga 2026-yil 1-chorakda deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida batafsil axborot berdi. Yakuniga yetmagan, yechimini topmagan muammolarni kelgusida investitsiya, mahalliy byudjet dasturlariga kiritish bo‘yicha fuqarolardan takliflarni yozib olganligini bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natishini va deputatlik nazoratini amalga oshirishini aytib o‘tdi.
Murojaatlar tinglanib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
“At-Termiziy" mahallasi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri doimiy muloqotlarni yo‘lga qo‘yib borish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratildi.