Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 19-Qizil olma saylov okrugidan saylangan deputat Artikova Umida va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamkorlikda tumandagi “Olmazor” mahallasida joylashgan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, isitish tizimi hamda sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Hozirda maktabda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida 180 o‘rinli o‘quv binosi, oshxona va sport zal binolarini mukammal ta’mirlash hamda yangi hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “ZARAVUT SOY QURILISh” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda maktabni mukammal ta’mirlash obyektida: eski binolarni buzish ishlari, o‘quv korpusida elektrlashtirish va pardozlash ishlari-yakunlanib, ayni jarayonda tom qisini yopish ishlari olib borilmoqda.
Deputat tomonidan o‘quv vositalariga bo‘lgan ehtiyoj hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi va tegishli tavsiyalar berildi.