📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
🏛 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Kun tartibidagi masala: 2026-yil I chorak davomida tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan Yangiariq tumani sport maktabi direktorining hisoboti tinglandi.
🔎 Yig‘ilish davomida sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
📌 Masala yuzasidan komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
©️ Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi kotibiyati