Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi. Bayramlar arafasida barcha hududlarda umumxalq hasharlari tashkil etilib, ariqlar loyqadan tozalanadi, daraxtlarga shakl berilib tagi oqlanadi, yangi daraxt ko‘chatlari ekiladi, qabristonlar obod qilinadi, hududlar
chiqindilardan tozalanadi.
Shu maqsadda xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati T.Tangirov tashabbusi bilan o‘zi saylangan “Yangiyer” mahallasidagi “Zang -2” guzarida hashar o‘tkazildi. Tadbirda ushbu hududda yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘chalar atroflarida
obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.
Yangi ko‘chatlar o‘tqazish uchun chuqurlar kovlanib tayyorlandi. Hashar ishlari kun mobaynida davom ettirildi.