Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 17-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat V.Sidnenko tomonidan “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan 51-maktabda boshlangan kuz-qish mavsumidagi ishlari bilan tanishildi. O‘rganish jarayonida kuz-qish davrida qozonxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun soha tashkilotlari tomonidan zarur suyuq va qattiq yoqilg‘ilarini maqsadli ishlatilishiga e’tibor qilindi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarda kuz-qish mavsumida maktablardagi sinf xonalarining holati, isitish tizimi hamda o‘quv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Deputat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’sullarga o‘zining ko‘rsatma va takliflarini berdi. Ushbu nazorat tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishdir.