Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlari yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda
o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati M.X.Ramazonov o‘zi saylangan 9-Darband saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2024 yildagi PQ-141-sonli qaroriga asosan “Darband” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mas’ullarga o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Ishlarni bajaruvchi pudratchi tashkilotlarga loyiha hujjatlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikga taqdim etilishi taklifi berildi. Hozirgi vaqtda ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.

Slide 1 of 2