Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyevlar Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 4 ta masala yuzasidan takliflar tushdi, bildirilgan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng deputatlar Ko‘rkam diyor MFY hududida joylashgan ixtisoslashgan maktabda o‘quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.