Mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ergashev Usmonobod mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab, mahalla raisi yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samaradorligi qayd etildi. Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan amaliy ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi. Mahalla yettiligining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhokama o'tkazildi.