2025-yil 21-noyabrda Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmoyish bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar doirasida Konstitutsiya tarixini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan maxsus ko‘rgazmali tadbirlar ham tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlarni tuman miqiyosida o‘tkazilishi jarayonlarida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham faol qatnashmoqdalar.
Tumandagi 29-sonli Madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari F.Raxmonov so‘zga chiqib tadbir ishtrokchilarini bayram tadbiri bilan tabriklab, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun mohiyati va afzalliklari to'grisida yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilgan bo‘lsa, san’atkorlar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar bayramona shukuh bag‘ishladi.