Mazkur yig‘ilishda “Adolat” SDP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengash raisi va “Adolat” SDP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida: joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar ya’ni, siyosiy jarayonlardagi dolzarb masalalar, partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek deputatlar va faollarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan muhim mavzular muhokama qilindi.
Muhokamada partiya a’zolarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish hamda olib borilayotgan islohotlarda yanada samarali ishtirok etishi ta’kidlab o‘tildi.