Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna “Alpomish” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashib, muammolarni o‘rgandi. 

Xususan, uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qaroriga muvofiq, xotin-qizlar faoli bilan hududdagi yo‘nalish bo‘yicha muammolar muhokama qilinib, bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan amaliy ishlar belgilab olindi. 

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ta’mir talab bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, moddiy hamda huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilish tartib qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3