Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔷Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔷Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔻Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

🔻O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil mart oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga asosan Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratini amalga oshirish rejasi ijrosi to‘g‘risida;

🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan tuman hokimligi va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlariga 2026-yil birinchi choragi davomida yuborilgan deputat so‘rovlari hamda ularning ko‘rib chiqilish tahlillari to‘g‘risida.

🔷Yig‘ilish yakuni bilan barcha masalalar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2