Xususan, tuman deputatlari Z.Alimov hamda E.Erkaboyevlar Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga intizom va mas’uliyat masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilib, yoshlarni Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Tadbir yakunida “Robo-Coding” olimpiadasi sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlar munosib taqdirlandi.