Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — deputatlik nazorati va doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kengash faoliyatini samarali tashkil etish va mahallalardagi ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida aholi murojaatlarini bevosita joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlarini tizimli ravishda davom ettirmoqda.
Xususan, Kengash kotibiyati mudiri M.Tangriberganov hamda Xorazm viloyati "Mahalla" xayriya jamoat fondi mas’ul xodimi I.Matchanovlar "Ayronko‘l" mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi G.Allaniyozova bilan birgalikda hududdagi dolzarb ijtimoiy masalalarni atroficha o‘rgandilar.