Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati B.Obidov tomonidan 8-Ma’orif saylov okrugidagi Ma’orif mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti, bandligi va daromad manbalari manzilli o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — barqaror ish o‘rinlarini yaratish, mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholashdan iborat bo‘ldi.

Deputat va mahalla raisi ishtirokida ijtimoiy reyestrda qayd etilgan kambag‘al hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalarning holati xonadonbay o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlar tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida oilalarni faqat ijtimoiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ullar oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday manzilli o‘rganishlar oilalarning real ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolarning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3