Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI

OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI

🏪 Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldashev Umid Xatamdjanovich tomonidan tumanda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda elektr va gaz ta’minoti, ko‘p qavatli uy-joy fondi hamda ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar bayon etildi.

⚡️ ELEKTR TA’MINOTI
Tumanda 64 mingdan ortiq iste’molchiga 11 ta podstansiya, 1,2 ming km elektr tarmog‘i va 438 ta transformator orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida:
🔹 78 km elektr tarmog‘i va 117 ta transformator mukammal ta’mirlandi;
🔹 24 km yangi elektr tarmog‘i qurildi;
🔹 34 ta transformator o‘rnatildi;
🔹 4 ta ta’mirlash brigadasi, 12 nafar mutaxassis va 8 ta maxsus texnika shay holatga keltirildi;
🔹 Avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun zarur ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi.

🔥 GAZ TA’MINOTI
Tumandagi 64 278 ta gaz iste’molchisining 64 090 tasi tabiiy gaz bilan ta’minlangan.
Gaz tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 58 km yer osti gaz quvurlari tekshirildi, 21 km tarmoq tartibga keltirildi. Natijada 248 ming nafar aholining tabiiy gaz ta’minoti
Shuningdek, 2 ta avariya brigadasi, 6 nafar xodim, 2 ta avtotransport va 4 ta maxsus texnika mavsumga tayyorlandi. Zarur materiallar va ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirildi.

🏢 KO‘P QAVATLI UYLAR VA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI
Tumandagi 947 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 46 267 ta xonadonga 9 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlanishi rejalashtirilgan 478 ta ko‘p kvartirali uyda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, 2 ta tibbiyot muassasasida ta’mirlash ishlari yakunlandi.

📌 XAVFSIZLIK — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
Mavsumni xavfsiz o‘tkazishda muhandislik tarmoqlarining tayyorligi bilan bir qatorda, aholining ehtiyotkorligi ham muhim ahamiyatga ega.

❗️Aziz yurtdoshlar, elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalaning, isitish moslamalarini ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Har birimizning mas’uliyatimiz xonadonlarimizda osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Asosiy maqsad — Olmazor tumanida kuz-qish mavsumini barqaror, xavfsiz va betalafot o‘tkazish.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 4