Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish va hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 10-Bobur saylov okrugi deputati E.Tursunqulov tomonidan Bobur mahallasining Haqiqat ko‘chasida ariq suvi bilan bog‘liq muammo yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi va profilaktika inspektori ham ishtirok etib, mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirildi. Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli xulosalar qilinib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Deputat tomonidan masalaning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan bog‘lanildi. Tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda murojaatda ko‘tarilgan muammoni hal etish choralari ko‘rildi.
Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.