Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida Murojaatnoma yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
Uzun tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Deputat o‘z nutqida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, maktablarda zamonaviy sharoitlar yaratish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etish muhimligi ta'kidlandi
Mazkur tadbir Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularni islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda ta’lim muassasalarida mazkur g‘oyalarni izchil amalga oshirishga xizmat qildi.