💼 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo’lib o’tdi
📌Doimiy komissiya yig’ilishida:
- 2026-yilda tumanni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
-Tumanda 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha;
- Tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash toʻgʻrisida masalalar muhokama qilindi.
📖Doimiy komissiya a’zolari tomonidan o’z taklif va qo’shimchalarini bildirildi va navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo’yicha doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi.