Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🗣Bugun, tuman hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada, xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida deputatlar tomonidan kun tartibidagi 12 ta masala ko‘rib chiqildi.
🗣Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi va ularning hisobotlari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.