Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Azamjon Kamolov o'zi saylangan hudud “Oqostona” mahallasining fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda aholining murojaatlari tinglandi va yechimi yuzasidan mahalla yettiligi bilan maslahatlashildi. Shuningdek, aholi orasida to‘y-hasham, maʼraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bo'yicha maslahatlar berildi.