O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T.Berdiyev shaharning “Pattakesar” mahallasida sayovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bo'yicha so'z bordi.
Uchrashuv so'nggida saylovchilar murojaatlari og'zaki va yozma ravishda olindi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Yozma murojaatlar deputatlik so'rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.