Жаңалықлар

Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati T. To‘ychiboyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Ismoilov tomonidan deputatga biriktirilgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i M. Ergashev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida kelgusidagi hamkorlik masalalari, sohaga oid mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 1