Жаңалықлар

Do‘stlik mahallasidagi hududiy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A. Ikromov saylov okrugi deputati D. Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida 11-03-141MK drenaj tarmog‘i bir necha yillardan buyon nosoz holatda ekani hamda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi zovurni tozalash va kovlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

📝 Aniqlangan muammolar deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlarga yuborish chorasi ko‘rildi.

✅ Mazkur masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7