Жаңалықлар

#kotibiyat_xodimi #162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohzod G‘afforov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Toyloq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida muassasa rahbari Bekzod Ahadov tomonidan dastur doirasida bajarilayotgan ishlar, suv resurslarini samarali boshqarish, iste’molchilarga suv yetkazib berish holati hamda ish yuritish tartibi bilan tanishildi.

Shuningdek, sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, suv ta’minotini barqaror tashkil etish hamda xizmat sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram

Slide 1 of 2