Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert guruhi raisi ishtirok etdi.
📋 Kun tartibiga muvofiq, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish yuzasidan 2026-yilning ikkinchi choragi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i M. Ergashevning hisoboti eshitildi.
💬 Hisobot yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud holat va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
✅ Muhokama yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.