Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayevning navbatdagi tashrifi Baxshtepa mahallasida bo‘ldi. Tashrif davomida mahalla binosida homiylar ishtirokida qo‘shimcha binolar qurilishi va rekonstruksiya asosida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahallada aholi farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Jarayonda mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan faoliyat, xususan aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Tashrif davomida bunyodkorlik ishlari va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook