Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayevning navbatdagi manzili Charog‘bon mahallasida faoliyat yuritayotgan "Ismatullayev Kamol" oilaviy korxonasi bo‘ldi.
Tashrif davomida korxonada non va non mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari hamda turli xil pishiriqlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘yishda imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanilgan bo‘lib, natijada 8 ta yangi ish o‘rni yaratilgan va fuqarolarning bandligi ta’minlangan.
Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilib, aholining ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda tadbirkorlikni rivojlantirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook