Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi 3-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Akramova Nilufar Jalilovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393 qarori ijrosini ta’minlash doirasida Sochak mahallasida joylashgan “Sochaki bolo” oilaviy poliklinikasida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
Tashrif davomida tibbiyot muassasasida olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonlari, bino-inshootlarni zamonaviy talablar asosida yangilash hamda aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, loyiha doirasida bajarilayotgan qurilish ishlari holati ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook