35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Mahalla yettiligi faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

#deputat_faoliyati

Mahalla yettiligi faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 2-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqova o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Qorasuv" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat mahalla mas’ullari bilan birgalikda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi hamda ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi. O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan murojaatlar jurnaliga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Deputat tomonidan mazkur murojaatlar ijrosi ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 11