35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI

📍 O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
👥 O‘rganishda doimiy komissiya raisi Kariyev Mansur Omongaldiyevich, komissiya a’zolari hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📑 Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shovot tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi Jumabayev Izzat Norimonovichning 2026-yil II choragi davomida tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan tayyorlangan axborot joyida o‘rganildi.
📬 O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi, sayyor qabullar tashkil etilishi, murojaatlar ijrosi ustidan nazoratning holati, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, masalani Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tegishli xulosa tayyorlandi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2